logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Botir Rahimov ishtirokida o'zbek tennisining bugungi kuni tanqidiy ruhda muhokama qilindi

 29 APREL, 2026, 17:48

Bugun O'zbekiston tennis federaciyasi raisi Botir Rahimov raisligida mamlakatda tennisni rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilish ochiq va tahliliy ruhda o'tdi. Amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar ko'rib chiqildi. Qator yo'nalishlar bo'yicha tanqidiy fikrlar bildirildi. Federaciya raisi asosiy masalalarni shaxsan ko'tardi va ish samaradorligini oshirish bo'yicha aniq topshiriqlar berdi.


Alohida etibor hududlarda tennisni rivojlantirishga qaratildi - mamlakat bo'ylab sportchilarga teng sharoit yaratish, joylarda ishni kuchaytirish va infratuzilmani rivojlantirish zarurligi takidlandi.

SHuningdek, murabbiylar faoliyati sifati masalasi ham ko'rib chiqildi. Mutaxassislar malakasini oshirish, zamonaviy metodikalarni joriy etish va sportchilar tayyorlashda masuliyatni kuchaytirish muhimligi qayd etildi.


Yig'ilish yakunlariga ko'ra, aniq vazifalar belgilandi va ularning ijrosi ustidan nazorat kuchaytirildi. O'zbekiston tennis federaciyasi tennisni barcha darajalarda - hududlardan tortib xalqaro maydongacha - izchil rivojlantirish ishlarini davom ettiradi.




Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ