W100 Wiesbaden. Timofeevada startdayoq "sensaciya"
29 APREL, 2026, 17:00
Germaniyaning Visbaden shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 100 000 dollarni tashkil etuvchi turnir bo'lib o'tmoqda.W100 Wiesbaden musobaqasida O'zbekistonning uchinchi raketkasi Mariya Timofeeva ham o'z omadini sinab ko'rdi. Biroz avval vakilamiz 1/16 final uchrashuvida germaniyalik Yoanna Brokmannga qarshi kortga chiqdi.
Afsuski, turnirda sakkizinchi raqam ostida tasniflangan Timofeeva reytingda o'zidan ancha quyida borayotgan raqibasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 6/7(5), 2/6. Bir soatu 54 daqiqa davom etgan bahs davomida Mariyaga belidagi jarohati xalal berdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.

Manba: olamsport.com
