logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

"Bavariya"dan antirekord: Myunxenliklar 1995 yildan beri ilk bor Evrokuboklarda o'z darvozasidan 5 ta gol olib chiqdi

 29 APREL, 2026, 16:48

Vensan Kompani boshchiligidagi "Bavariya" uchun Parijdagi oqshom nafaqat mag'lubiyat, balki tarixiy antirekord bilan yakunlandi.

ECHL yarim finalining ilk bahsida PSJga 4:5 hisobida imkoniyatni boy bergan nemis grandi XXI asrda ilk bor evrokuboklarda bir o'yinda 5 ta gol o'tkazib yubordi.

Myunxenliklar darvozasiga oxirgi marta qachon xalqaro maydonda 5 ta gol urilganini eslash uchun ancha ortga qaytishga to'g'ri keladi. Oxirgi marta bunday holat 1995 yilning aprel oyida sodir bo'lgan edi. O'shanda Amsterdamning "Ayaks" jamoasi "Bavariya"ni 5:2 hisobida mag'lub etgandi.

SHu tariqa, "Bavariya"ning mudofaa chizig'i 31 yildan so'ng yana bir bor pand berdi. Garchi hujum chizig'i 4 ta gol urishning uddasidan chiqqan bo'lsa-da, himoyadagi parokandalik jamoani noqulay ahvolga solib qo'ydi.

Endi hammasi Myunxenda hal bo'ladi. Javob uchrashuvi 6 may kuni bo'lib o'tishi belgilangan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ