logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"ga bordi

 29 APREL, 2026, 15:00

"Manchester Siti" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov sportimiz rahbarlari hamrohligida “Olimpiya shaharchasi”dagi infratuzilma bilan tanishdi.

Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo'mitalari rahbariyati futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi o'yinchisi Abduqodir Husanov hamda otasi bilan uchrashib, uning yaqin davrdagi rejalari xususida suhbatlashdi.

Uchrashuvda futbolchimizning jahon chempionatiga olib borayotgan individual tayyorgarligi atroflicha muhokama qilindi. Mutasaddilar futbolchimizni yaqinda Manchester klubi safida dastlabki sovrini – Angliya liga kubogini qo'lga kiritgani bilan qutlab, mavsum chempionligi va Angliya kubogi finalida kutib turgan o'yinlarda ham unga omad tilashdi. O'z navbatida, futbolchimiz optimal sport formasini ushlab turish uchun “Manchester Siti” tarkibida olib borayotgan mashg'ulotlari xususida gapirib o'tdi.

Suhbatdan so'ng futbolchimiz Sport akademiyasi va “Olimpiya shaharchasi”ni aylanib, u erdagi imkoniyatlar va mehmonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.














Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ