logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Luis Enrike Gvardiolaning rekordini yangiladi

 29 APREL, 2026, 12:32

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Evropa CHempionlar Ligasi tarixiga o'z ismini oltin harflar bilan yozib qo'ydi.

Myunxenning "Bavariya" jamoasi ustidan qozonilgan o'ta gollarga boy va dramali g'alaba (5:4) ispaniyalik mutaxassis uchun turnirdagi yubiley 50-g'alaba bo'ldi.

Eng asosiysi, Enrike ushbu ko'rsatkichga eng qisqa vaqt ichida erishgan murabbiyga aylandi. Unga 50 ta g'alaba uchun bor-yo'g'i 77 ta o'yin kifoya qildi.

Bu boradagi avvalgi rekord "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiolaga tegishli edi. Pep o'z vaqtida 50 ta g'alabani qo'lga kiritish uchun 80 ta uchrashuv o'tkazgan.

ECHLda 50 ta g'alabaga eng tez erishgan murabbiylar:

Luis Enrike — 77 ta o'yin;

Pep Gvardiola — 80 ta o'yin.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ