Ruslan Nurudinov katta sahnaga qaytmoqda
29 APREL, 2026, 08:48
25 aprel kuni Samoaning Apia shahrida og'ir atletika bo'yicha nufuzli xalqaro musobaqa - Universal Weightlifting Cup boshlangan edi.Mazkur turnir Osiyo mintaqasining etakchi sportchilari uchun yilning eng muhim startlari — Osiyo o'yinlari hamda Jahon chempionati oldidan muhim tayyorgarlik bosqichi sifatida etirof etilmoqda.
Musobaqaning eng katta qiziqish uyg'otayotgan yo'nalishlaridan biri -110 kg vazn toifasidagi bahslar bo'lib, unda ikki yirik atlet — hamyurtimiz Ruslan Nurudinov va Artyom Antropov o'zaro kuch sinashadi. Olimpiada va Jahon chempioni, rekordchi sifatida tanilgan Nurudinov hamda 2024 yilgi Jahon chempioni Antropov o'rtasidagi qarama-qarshilik turnirning markaziy voqealaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
Turnir yuqori sovrin jamg'armasi bilan ham ajralib turadi. Mukofotlar jamoaviy natijalar hamda individual ko'rsatkichlar asosida taqsimlanadi.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz Ruslan Nurudinov musobaqadagi ishtirokini 2 may kuni boshlaydi.

Manba: olamsport.com
