Rasman: "Manchester Siti" himoyachisining jamoadagi hikoyasi tugadi
29 APREL, 2026, 08:16
"SHaharliklar" rahbariyati Jon Stounz yozda ketishini rasman elon qildi.Markaziy himoyachi bilan shartnoma uzaytirilmaydi.
31 yoshli Stounz — "Siti"ning oxirgi ulug' faxriysi. Unda APLning 6 ta chempionlik tituli bor. Jon mankunianlar safida 2013 yildan beri o'ynab keladi. Klub u uchun "Everton"ga 47,5 mln funt to'lagandi.
Stounz joriy mavsum jarohat tufayli bor-yo'g'i 16 o'yinda qatnashdi va boshlang'ich tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ydi. Transfermarkt uni 15 million evroga baholagan. Himoyachining yangi jamoa uchun rejalari hali nomalum.
comhttps://backend.championat. ... 8.jpg alt="3.jpg" width="100%" align="center" class="fr-fic fr-dii">
Manba: olamsport.com
