Entoni Joshua Prengga qarshi jang anonsiga munosabat bildirdi
28 APREL, 2026, 17:48
Sobiq jahon chempioni Entoni Joshua 25 iyul kuni Ar-Riyodda albaniyalik Kristian Prengga qarshi jang qiladigan bo'ldi.Joshua ushbu jang anonsiga munosabat bildirdi.
"Hech kimga sir emaski, ringga qaytish uchun o'zimni tiklab olish va kuch to'plashga vaqt kerak bo'ldi. Bugun — shu yo'ldagi navbatdagi qadam. Bu jangda ishtirok etishni va to'xtagan joyimdan davom etishni intizorlik bilan kutyapman. Aytganimdek, “ijaraga beruvchi” o'z haqini oladi. Bu aniq", — dedi Joshua.
Manba: olamsport.com
