logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

CHempion Fomin Shymkent Challenger 2 turniridagi yurishini boshladi

 28 APREL, 2026, 15:48

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin uch kun oldin SHimkent shahrida faoliyatidagi ikkinchi ATP Challenger turkumiga kiruvchi turnirida chempion bo'lgandi.

Bu hafta uchun mo'ljallangan mukofot jamg'armasi 63 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Shymkent Challenger 2 turnirida 25 yoshli hamyurtimiz ham o'z omadini sinab ko'rmoqda. Bugun Fomin ilk davrada niderlandiyalik 30 yoshli Yelle Selsga qarshi bahs olib bordi.

Bir soatu 52 daqiqa davom etgan uchrashuvda Sergey Fomin 6/3, 7/6(5) hisobida g'alaba qozonib, 1/8 finalga yo'l oldi. Sergey 2, Yelle 8 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Selsda bittaga ko'proq bo'ldi - 7 ga 6. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ