Luka Modrich jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi
28 APREL, 2026, 12:16
"Milan" yarim himoyachisi Luka Modrich chap yonoq suyagining murakkab ko'p bo'lakli sinishi tufayli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.Operaciya muvaffaqiyatli va hech qanday asoratlarsiz o'tdi.
Klub futbolchiga tez orada sog'ayib ketishini va yaqinlashib kelayotgan FIFA Jahon chempionatiga qadar maydonga qaytishini tilaydi.
Joriy mavsum 40 yoshli futbolchi "Milan" safida jami 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol va 3 ta assist bor.
Manba: olamsport.com
