A Seriya. «Latsio» va «Udineze» o'rtasidagi dramatik o'yinda jangovar durang qayd etildi (videosharh)
28 APREL, 2026, 08:34
Italiya A Seriyasi 2025/2026 yilgi mavsumi 34-turining so'nggi uchrashuvida «Latsio» va «Udineze» o'zaro bahs olib bordi. Rim shahridagi «Olimpiko» stadionida bo'lib o'tgan uchrashuv 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
18-daqiqada «Udineze» himoyachisi Kingsli Ehizibue hisobni ochdi. 50-daqiqada «Latsio» futbolchisi Luka Pellegrini muvozanatni tikladi. 80-daqiqada ispaniyalik Pedro rimliklarni oldinga olib chiqdi.
86-daqiqada yarim himoyachi Artyur Atta hisobni tenglashtirdi. 90+3-daqiqada u dubl rasmiylashtirib, mehmonlarni yana oldinga olib chiqdi. Ammo 90+5-daqiqada «Latsio» yarim himoyachisi Daniel Maldini yakuniy hisobni o'rnatdi.
Ayni paytda «Latsio» Italiya chempionati turnir jadvalida 48 ochko bilan sakkizinchi o'rinni egallab turibdi. «Udineze» esa 44 ochko bilan 11-pog'onada joylashgan.
Italiya A seriyasi, 34-tur
27 aprel 2026 yil, dushanba.
«Latsio» — «Udineze» 3:3
Gollar: Ehizibue 18 (0:1), Pellegrini 50 (1:1), Pedro 80 (2:1), Atta 86 (2:2), Atta 90+3 (2:3), Maldini 90+5 (3:3).
Manba: stadion.uz
