Arina Sobolenko Madrid turniridagi yurishini davom ettirmoqda
26 APREL, 2026, 13:32
Dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko Ispaniyaning Madrid shahrida o'tkazilayotgan Mutua Madrid Open turnirining to'rtinchi davra ishtirokchisiga aylandi.Belaruslik tennis malikasi WTA reytingida 33-o'rinni egallab turgan ruminiyalik Jaklin Kristianni mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/4. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:0.
Sakson besh daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 4, Kristian 5 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Ikkala tennischi ham 2 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha ustunlik tabiiyki g'oliba tomonida bo'ldi - 3 ga 0.

Manba: olamsport.com
