"Asosiy maqsad - Islam Maxachev bilan revansh" - Jek Della Maddalena
26 APREL, 2026, 13:00
UFC sobiq chempioni Jek Della Maddalena Islam Maxachev bilan revansh o'tkazishni istashini bildirdi.Aynan Maxachev undan chempionlik kamarini tortib olgan edi.
"Hozir men to'liq Karlosga etibor qaratganman, ammo asosiy maqsadim — Maxachev bilan revansh. Bu qachon bo'lishidan qati nazar, ertami-kechmi, farqi yo'q. Men yana o'zimni sinab ko'rishni va g'alaba qozonish uchun nimani yaxshilash mumkinligini bilishni istayman", — dedi Della Maddalena MMAJunkie nashriga.
Eslatib o'tamiz, Jek Della Maddalena 2 may kungi UFC turnirida Karlos Pratesga qarshi jang qiladi.
Manba: olamsport.com
