logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Berlin Millennium Team Cadet European Cup. Birinchi kun 8 ta medal, umumjamoa hisobida 1-o'rindamiz!

 26 APREL, 2026, 07:32

Germaniyaning Berlin shahrida o'tkazilayotgan o'smirlar o'rtasidagi nufuzli xalqaro turnirning birinchi kungi bellashuvlari O'zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli keldi.

Medallar yo'lida bahslarga kirishgan 10 dzyudochimizdan 8 nafari yakunda shohsupaga ko'tarildi. CHaros Hikmatova va Abubakr Sattorov o'z vazn toifalarida tengsiz bo'lishdi. Ular sharafiga Germaniya zaminida O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi. 

Etiborlisi, final dasturi bellashuvlarini bevosita arenadan O'zbekistonning Germaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi Dilshod Ahatov kuzatib bordi. 

Quvonarlisi shundaki, dunyoning 35 davlati dzyudochilari qatnashayotgan Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 musobaqasining birinchi kuni yakunlariga ko'ra medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallab turibmiz.


G'olib va sovrindorlarimiz:  

Oltin medallar

-48 kg: CHaros Hikmatova 

-60 kg: Abubakr Sattorov 


Kumush medallar

-50 kg: Mamurjon Abduvahobov

-60 kg: Davlatbek Ahrorov 


Bronza medallar

-40 kg: Iroda Sirojiddinova

-44 kg: Dilafruz Boltaboeva

-55 kg: Bobur Yusupov 

-66 kg: Akromjon Karimov 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">





Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ