Muhammadjon Qurbonov Braziliya vakilini birinchi raundning o'zida mag'lub etdi
25 APREL, 2026, 22:48
Toshkentda MMA bo'yicha Mangu 2 turnirining prelim kard bellashuvlari nihoyasiga etdi.Kardning so'nggi bahsida hamyurtimiz, eng engil vaznda Octagon League sobiq chempioni Muhammadjon Qurbonov braziliyalik Jekson Loureyro bilan to'qnash keldi.
3 raundlik jang birinchi raundning o'zida muddatidan avval nihoyasiga etdi. Qurbonov raqibini texnik nokaut orqali mag'lubiyatga uchratdi.
Bu Muhammadjonning 19-jangida qo'lga kiritgan 15-g'alabasi bo'ldi.
Manba: olamsport.com
