logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Azizbek Temirovni enggan Irisbek Tilenov Toshkentda Farid Alibabazadeni ham mag'lubiyatga uchratdi

 25 APREL, 2026, 21:48

MMA bo'yicha Mangu 2 turniri davom etmoqda.

"Humo arena" mezbonligidagi musobaqaning prelim kardidan o'rin olgan navbatdagi bahs yakuniga etdi.

Unda Qirg'iziston vakili Irisbek Tilenov ozarbayjonlik taniqli Farid Alibabazadega qarshi oktagonga chiqdi.

Jang to'liq 3 raund davom etib, yakunda Tilenov hakamlarning yakdil qarori bilan g'olib deb topildi.

Bu Tilenovning faoliyati davomidagi sakkizinchi jangida qo'lga kiritgan ettinchi g'alabasi bo'ldi. U oxirgi jangida hamyurtimiz Azizbek Temirovdan ustun kelgandi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ