Fomin Shymkent Challenger 50 turniridan nechchi ochko hamda pul mukofoti ishlab oldi?
25 APREL, 2026, 18:32
Bugun mamlakatimizning birinchi raketkasi faoliyatidagi ikkinchi ATP Challenger turkumiga kiruvchi turnirida chempion bo'ldi.Bir haftalik muvaffaqiyatli ishtirok 25 yoshli hamyurtimizga 50 ATP reyting ochkosi hamda 9 500 AQSH dollari miqdorida mukofot puli keltirdi. Finalda Fominga yutqazgan turnirning birinchi raketkasi qozog'istonlik Timofey Skatov esa 25 reyting ochkosi hamda 5 500 dollar mukofot puliga ega bo'ldi.
Yarim finalchilar 14 ochko va 3 145, 1/4 finalchilar 8 ochko va 1 800, 1/8 finalchilar 8 ochko va 1 010 dollar mukofot pulini qo'lga kiritishdi.

Manba: olamsport.com
