logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Islam Maxachev Gerriga: "SHartnoma kutyapman!"

 25 APREL, 2026, 15:48

Yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni Islam Maxachev yana bir bor unga qarshi chiqqan divizionning ikkinchi raqamli jangchisi Yen Machado Gerrining bayonotiga munosabat bildirdi.

"Jarohatlarimdan havotir olma. Istalgan paytda tayyorman. Men shartnoma kutyapman", - deb yozdi rossiyalik jangchi ijtimoiy tarmoqda irlandiyalikka murojaat qilib.

Avvalroq UFC rahbari Dana Uayt Islam Maxachev joriy yilning avgust oyida chempionlik kamarini himoya qilishini oshkor etgan edi, biroq rossiyalik sportchi iyul oyida qaytishi mumkinligiga ishora qildi.

11 iyul kuni dunyoning eng kuchli ligasi UFC 329 turnirini o'tkazadi. U har yili o'tkaziladigan Xalqaro janglar haftaligining yakuniy tadbiri bo'ladi va hozircha asosiy jangga ega emas.

Irlandiyalikdan tashqari, mag'lubiyatga uchramagan ekvadorlik Maykl Morales, shuningdek, divizionning sobiq chempioni nigeriyalik Kamaru Usman ham chempionlik jangiga potencial nomzodlar hisoblanadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ