logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

"Barselona" afsonasi "CHelsi" boshqaruvini qo'lga olishi mumkin

 24 APREL, 2026, 15:16

Liam Rosenior ishdan bo'shatilishidan keyin ham yangi bosh murabbiy izlayotgan "CHelsi" etiborini Xavi Ernandesga qaratdi.

"The Mirror" malumotlariga qaraganda, ispan futboli afsonasi "ko'klar" bosh murabbiyi lavozimi uchun nomzodlar qatorida.

"Barselona"dan ketganidan beri klubsiz yurgan Xavi London klubi tomonidan hujumkor uslubni qo'llovchi va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini tuzishga qodir murabbiy sifatida qaraladi.

Xavining yaqinda "The Athletic" nashriga bergan intervyusida Angliya Premer-ligasida ishlash uning ustuvor vazifasi ekanligini tasdiqlagandi.

"Men shoshilmayapman, lekin jamoa tuzish uchun taxminan 4 yil vaqt beradigan yaxshi loyiha ustida ishlashni istayman", – degandi u.

Eslatib o'tamiz, 46 yoshli Xavi 2021 yildan 2024 yilgacha "Barselona"ga bosh murabbiy bo'lgan. Jamoa uning boshqaruvida 2022/23 yilgi mavsum Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgan edi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ