logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Esports World Cup. Sindarov va Abdusattorovda mag'lubiyat, lekin Nodirbekda imkoniyat bor

 24 APREL, 2026, 11:16

Mukofot jamg'armasi 250 000 AQSH dollaridan iborat dunyoning eng yirik onlayn shaxmat turnirlaridan biri - Chess.com Open 2026 musobaqasida 1/2 final juftliklari malum bo'ldi.

Turnir kibersport bo'yicha 2026 yilgi Jahon kubogi (Esports World Cup) uchun saralash vazifasini bajarmoqda. Musobaqada dunyoning kuchli shaxmatchilari keyingi bosqichlarga yo'llanma va yirik mukofot jamg'armasi uchun kurash olib boriyashpti.

Turnir formati: Bahslar 10+0 rapid formatida o'tkazilmoqda. Ishtirokchilar 16 kishilik double elimination (ikki imkoniyatli) tizimda o'ynaydi — yani, ikkita mag'lubiyatga uchragan ishtirokchi chempionlik uchun kurashni tark etadi. SHuningdek, eng yaxshi uch nafar shaxmatchi Esports World Cup 2026 musobaqasiga yo'llanma oladi. 

Kecha 1/8 finalda Nodirbek Abdusattorov AQSH vakili Samuel Sevianni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Javohir Sindarov esa FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan rossiyalik Daniil Dubovga xuddi shu hisobda imkoniyatni boy berib qo'ydi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Abdusattorov 1/4 finalda FIDE bayrog'i ostida harakat qilayotgan rus shaxmatchisi Denis Lazovikka 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi. Yarim final yo'llanmasi qo'shimcha armagedon partiyasida aniqlandi, afsuski unda omad Lazovikka kulib boqdi. 

Mag'lublar yo'lidagi turnirda o'z omadini sinab ko'rgan Sindarov franciyalik Maksim Vashe-Lagravga 1:2 hisobida yutqazib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Ikki mag'lubiyatga qaramay, Javohir ushbu turnirdagi ishtirokidan 5000 dollar ishlab oldi. 

Bugun Nodirbek Abdusattorov mag'lublar yo'lagi ikkinchi bosqichida rossiyalik Yan Nepomnyashiyga qarshi bahs olib boradi. Agar kecha Nodirbek g'alaba qozonganida bugun 1/2 finalda norvegiyalik afsona Magnus Karlsenga qarshi dona surar edi.   


1/2 final juftliklari: 

Magnus Karlsen (Norvegiya) — Denis Lazovik (FIDE)

Yan-Krishtoff Duda (Polsha) — Nihal Sarin (Hindiston)



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ