logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

World Boxing Kubogida ikki g'alaba va bir mag'lubiyat

 24 APREL, 2026, 09:48

Braziliyaning Foz de Iguasu shahri World Boxing tashkiloti kubogining 2026 yilgi birinchi bosqichiga mezbonlik qilmoqda.

Ushbu nufuzli musobaqada Elshod Rasulov murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasining to'rt nafar bokschisi himoya qilayotgandi. Ulardan biri mag'lubiyatga uchrab, musobaqadagi ishtirokini erta yakunladi. -51 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Feruza Kazakova germaniyalik Maksi Klozega 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Referi Kazakovani taqiqlangan harakatlar qilgan deb topib, undan 2 ochko olib tashladi. Bu esa mag'lubiyatga sabab bo'ldi. Bokschilar “Strandja” turnirida ham o'zaro to'qnash kelishgan va o'shanda Feruza 4:1 hisobida g'alaba qozongan edi.

Qolgan ikkinchi vakilamiz esa Jahon Kubogidagi yurishini g'alaba bilan boshladi. -48 kg vazn toifasidagi bokschimiz Farzona Fozilova marokashlik Vissal Fahirni 4:1, O'zbekistonning 2025 yildagi eng yaxshi ayol sportchisi Navbahor Hamidova shveycariyalik Anna Jennini 4:1 hisobida taslim etdi. 

Bir kun avval og'ir vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz, Bahodir Jalolovning izdoshi sifatida etirof etilayotgan Jahongir Zokirov ruminiyalik Florin Ionitani hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida mag'lub etgan edi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ