O'zbekiston tennis federaciyasi ukrainalik sportchi "transferi"ni tasdiqladi
24 APREL, 2026, 08:48
Avval xabar berganimizdek, ukrainalik 17 yoshli Nikita Belozercev fuqaroligini o'zgartirdi va bundan buyon O'zbekiston sharafini himoya qiladi.Bu haqda O'zbekiston tennis federaciyasi ham rasman xabar berdi.
"Tennischi Nikita Belozercev xalqaro maydonda O'zbekiston sharafini himoya qiladi. Nikita Belozercev endilikda O'zbekiston terma jamoasi safida harakat qiladi hamda xalqaro turnirlarda mamlakatimiz bayrog'i ostida ishtirok etadi.
Iqtidorli tennischi o'z avlodining eng kuchli vakillaridan biri hisoblanadi va o'smirlar o'rtasida yuqori natijalar qayd etib kelmoqda. Ayni paytda u ITF o'smirlar jahon reytingida 13-o'rinni egallab turibdi.
Avval ham sportchi xalqaro turnirlarda barqaror ishtirok etib, ITF o'smirlar reytingida etakchilar qatoridan joy olgan. Hozirgi kunda Nikita Belozercev Xalqaro tennis federaciyasi (ITF) turnirlarida ishtirok etmoqda, shuningdek, ATP seriyasidagi musobaqalarda ham O'zbekiston nomidan qatnashmoqda.
Nikita Belozercevning terma jamoaga qo'shilishi O'zbekiston tennisining xalqaro maydondagi salohiyatini yanada oshiradi", deyiladi tashkilot xabarida.

Manba: olamsport.com
