logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Terma jamoa JCHda ishtirok etishga tayyor - Eron hukumati matbuot kotibi

 24 APREL, 2026, 08:00

Eron hukumati vakili Fotima Muhojironi milliy terma jamoa JCH-2026 turnirida qatnashishga tayyorligini malum qildi.

"Sport va yoshlar vazirligi milliy futbol terma jamoamizning vazirning ko'rsatmasi bilan AQSHda bo'lib o'tadigan JCH-2026'da ishtirok etishga to'liq tayyorligini elon qildi", – dedi Muhojironi davlat televideniesiga.

Avvalroq go'yo Eron AQSH va Isroil bilan mojaro tufayli mundialdan chiqib ketish variantini o'rganayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

21 aprel kuni Eron sport vaziri Ahmad Donyamali milliy terma jamoa turnirda ishtirok etishi uchun malum shartlar borligini aytgan edi.

Malumot uchun, Eron guruh bosqichida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan o'ynashi rejalashtirilgan. Barcha uchrashuvlar AQSH hududida o'tkaziladi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ