Gurlanda belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazildi
24 APREL, 2026, 07:16
20-23 aprel kunlari Xorazm viloyatining Gurlan tumanida ilk bor belbog'li kurash bo'yicha 2009-2010 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.Sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvimidan joy olgan mazkur mamlakat chempionatida o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 13 ta vazn toifasida kuch sinashishgan bo'lsa, qizlar erkin yo'nalishda 8 ta vazn toifasida bellashishdi.

Gurlan sport majmuasida 500 nafardan ortiq yosh polvonlar ishtirokida yuqori saviyada va shiddatli tusda o'tgan ushbu musobaqada Hasanboy Jabborov (Namangan), Xudoyor Xolmirzaev (Farg'ona), Aydos Erjanov (Qoraqalpog'iston), Ibrohim Sodiqov (Qashqadaryo), Malika Bekturdieva (Xorazm), Abdivoit Mahammadov (Andijon), SHohjahon Rahmonov (Buxoro), Jamshidbek Quronboev (Xorazm), Og'abek To'lqinov (Sirdaryo) singari mahoratli sportchilar o'z vazn toifalarida oltin medallarni qo'lga kiritishdi.

Bellashuvlar yakunlangach, g'olib va sovrindorlar diplom va medallar bilan taqdirlanishdi.
Takidlash joiz, musobaqada g'olib bo'lgan sportchilar belbog'li kurash bo'yicha xalqaro musobaqalarda ishtirok etish yo'llanmasiga ega bo'lishdi.






Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Manba: olamsport.com
