Shymkent Challenger. Fomin kambek evaziga 1/2 finalga chiqdi
23 APREL, 2026, 18:48
Qozog'istonning SHimkent shahrida tennis bo'yicha Challenger 50 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.Mukofot jamg'armasi 63 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirda mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin ham muvaffaqiyatli odimlamoqda. Hamyurtimiz biroz avval 1/4 final bahsida germaniyalik Maks Viskandtni irodali tarzda, kambek evaziga mag'lubiyatga uchrata oldi - 1/6, 6/3, 6/3.
Bu olmon tennischisi kecha 1/8 finalda turnirning ikkinchi raketkasi, belgiyalik Armaud Bayllini 7/5, 6/3 hisobida engib, musobaqadan chiqarib yuborishga muvaffaq bo'lgan edi.
Taqqoslash uchun, Fomin ayni paytda ATP reytingida 359, Viskandt 686-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Bugungi bahs 1 soatu 56 daqiqa davom etgan. Ertaga Sergey turnirning to'rtinchi raketkasi, Bosniya va Gercegoviniya vakili 21 yoshli Andrey Nedichga qarshi final chiptasi uchun kortga chiqadi.

Manba: olamsport.com
