logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Baxram Murtazalievning navbatdagi raqibi aniqlandi

 23 APREL, 2026, 15:32

Rossiyalik super yarim o'rta vazn toifasidagi prof bokschi Bahram Murtazaliev IBF yo'nalishi bo'yicha eliminator jangida ishtirok etadi.

Baxramning mag'lubiyatsiz odimlayotgan Kaoymin Agyarkoga qarshi jang qilishi kutilgan edi. Biroq, Agyarko Murtazaliev bilan bahsni tasdiqlamadi.

Taniqli insayder Den Rafaelning xabar berishicha, rossiyalik 36 yoshli Murtazaliev amerikalik Brendon Adamsga qarshi jang qiladi. Adamsning hisobida 26 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor.

Yodingizda bo'lsa, Baxram Murtazaliev o'ziga tegishli IBF chempionlik kamarini britaniyalik Josh Kelliga boy bergandi. Bu mag'lubiyat uning professional ringdagi birinchi mag'lubiyati bo'ldi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ