logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Xoakin Bakli o'z vaznidagi top UFC jangchilarini yaxshisidan yomoniga tomon o'rinlarga qo'yib chiqdi

 16 IYUN, 2025, 21:16

Yarimo'rta vazn toifasi reytingida ettinchi o'rinni egallab turgan Xoakin Bakli o'z divizionining etakchi jangchilari ro'yxatini tuzdi.

Amerikalik aralash yakkakurash ustasi 77 kilogrammgacha vaznda birinchi o'ringa Ian Garrini qo'ygan.  

"Birinchi o'ringa Ian Garrini qo'ygan bo'lardim. U juda ham aqlli jangchi. Uning jang qilish uslubi faqat harakatga yo'naltirilgan. Uni doimiy ravishda quvib yurish kerak. Bu holat uni yana ham xavfli qiladi. Ikkinchi o'ringa SHavkat Rahmonovni qo'yaman. Jek Della Maddalena uchinchi, uning ketidan SHon Bredi. 

Nega SHonni ro'yxatda oxirgi o'ringa qo'ydim? CHunki, uni mushti yumshoq yigitcha nokautga uchratgan. SHuning o'zi ko'p narsani aytmoqda. Ko'pchilik uning ustidan kulmasligimni aytadi. Lekin men haqiqatni aytishga odatlanganman. U yaxshi jangchidir, lekin men uchun — bu to'rtlikdagi eng ojizi", — deya intervyu bergan Bakli.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ