logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Sporting» «Portu» to'sig'idan o'tib, Portugaliya Kubogi finaliga chiqdi (Videosharh)

 23 APREL, 2026, 09:34

«Sporting» va «Portu» jamoalari Portugaliya Kubogi yarim finalining javob uchrashuvida 0:0 hisobida durang o'ynashdi. O'yin Portudagi «Dragau» stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida mezbonlar raqib darvozasiga jami 16 ta zarba yo'llashdi (shundan faqat 2 tasi darvoza sohasiga aniq bordi). Mehmonlar esa bor-yo'g'i uch marta zarba berishdi va ularning faqat bittasi aniq chiqdi.

Bahs yakunida «ajdarlar» bir kishi kam bo'lib qolishdi — yarim himoyachi Alan Varela 89-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Dastlabki uchrashuvda «Sporting» 1:0 hisobida g'alaba qozongani sababli, ikki o'yin natijasiga ko'ra Portugaliya Kubogi finaliga yo'l oldi. Finalda ularga «Fafe» — «Torrinse» juftligi g'olibi (birinchi o'yin — 1:1) raqiblik qiladi.

Portugaliya Kubogi 1/2 final | Javob o'yini

«Portu» — «Sporting» — 0:0

Chetlatish: Varela (P), 89.

Birinchi o'yin — 0:1.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ