Ramazon Temirov UFC'dagi keyingi jangini qachon o'tkazishi malum
23 APREL, 2026, 08:32
Taniqli aralash yakka kurash ustamiz Ramazon Temirov o'zining navbatdagi jangiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.U iyul oyida UFC promoushenidagi uchinchi jangini o'tkazadi. Bu haqda sportchining murabbiyi Jasur Alijonov Olamsport.com caytiga malum qildi.
"Buni hali hech kimga aytmagan edim. Muzokaralar boshlangan. Abu-Dabidan jang olyapmiz. Hozir kutyapmiz, iyul oyiga jang berishlari kerak", dedi Jasko Koach.
Malumot uchun, 29 yoshli Ramazon Temirov UFC'da 2 ta jang o'tkazib, har ikkisida raqiblaridan ustun kelgan. O'tgan yili doping sabab bir yilga chetlatilgan edi.
Manba: olamsport.com
