logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Kilian Mbappe Madridda o'z rekordini yangiladi: Francuz "uzoq masofalar qiroli"ga aylanmoqda

 22 APREL, 2026, 13:48

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya chempionatining 33-turidan o'rin olgan "Alaves"ga qarshi bahsda (2:1) navbatdagi golini urdi va o'zining yangi shaxsiy rekordini o'rnatdi.

Uchrashuvning 30-daqiqasida francuz yulduzi jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo'lladi — to'p raqib himoyachisiga tegib, rikoshet holatida darvoza to'ridan joy oldi. Bu gol Mbappe uchun 2025/2026 yilgi mavsumdagi barcha turnirlarda jarima maydonchasi tashqarisidan kiritilgan sakkizinchi gol bo'ldi.

"Opta Sport" nashrining xabariga ko'ra, Kilian bu ko'rsatkich bo'yicha nafaqat o'z rekordini yangiladi, balki kuchli beshlik ligalarida to'p surayotgan futbolchilar orasida ham mavsumning mutlaq etakchisiga aylanib oldi.

Malumot uchun, Mbappe joriy mavsumda "Qirollik klubi" libosida barcha musobaqalarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 41 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ