Bobur Abdulazizov Toshkentdagi Octagon 86 turnirida jang qiladi
22 APREL, 2026, 11:48
1 may kuni Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 86 turniri o'tkaziladi.Tashkilotchilar oqshom doirasidagi navbatdagi jang elon qilishdi.
Unga ko'ra, taniqli o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Bobur Abdulazizov Octagon 86 turnirida qozog'istonlik Tazabek Bayanovga qarshi bahs olib boradi.
Musobaqaning markaziy jangida hamyurtimiz Asadbek Saidov engil vazn chempioni, Qozog'iston vakili Sayat Abduali bilan to'qnash keladi.
Malumot uchun, Bobur Abdulazizov faoliyati davomida hozirgacha 34 ta jang o'tkazib, 21 ta g'alaba va 13 ta mag'lubiyat qayd etgan.

Manba: olamsport.com
