logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Jalolovning izdoshi World Boxing Kubogidagi yurishimizni boshlab berdi

 22 APREL, 2026, 10:00

Braziliyaning Foz de Iguasu shahri World Boxing tashkiloti kubogining 2026 yilgi birinchi bosqichiga mezbonlik qilmoqda.

Avval xabar berilganidek, ushbu nufuzli musobaqada Elshod Rasulov murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasining to'rt nafar bokschisi himoya qilmoqda. 

Bugun tong saharda Jahon Kubogidagi ilk jangimiz o'tkazildi. Unda og'ir vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz, Bahodir Jalolovning izdoshi sifatida etirof etilayotgan Jahongir Zokirov ruminiyalik Florin Ionitaga qarshi ringga ko'tarilib, raqibini hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida mag'lub etdi. Florin ilk bosqichda avstriyalik Ahmed Hagagdan ustun kelgan edi. 


Qolgan uch bokschimiz uchun qura natijalari:

-48 kg. Farzona Fozilova — Hafsi (Tunis)/Fahir (Marokash)

-51 kg. Feruza Kazakova — Radiya Gama (Braziliya)/Maksi Kloze (Germaniya)

-65 kg. Navbahor Hamidova — Anna Jenni (SHveycariya)/Mena Yuli (Venesuela)



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ