logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Inter» kambek orqali «Komo»ni mag'lub etib, Italiya kubogi finaliga yo'l oldi (videosharh)

 22 APREL, 2026, 08:34

Italiya Kubogi yarim final javob uchrashuvida «Inter» o'z maydonida «Komo»ni qabul qildi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy o'yinda milanliklar 3:2 hisobida irodali g'alabaga erishdi.

Uchrashuvning 32-daqiqasida xorvatiyalik futbolchi Martin Baturina mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 48-daqiqada yarim himoyachi Lukash Da Kunya «Komo» ustunligini ikki barobarga oshirdi.

69-daqiqada «Inter» tayanch yarim himoyachisi Hakan Chalxanoglu hisobni qisqartirdi. 86-daqiqada Chalxanoglu dubl rasmiylashtirib, muvozanatni tikladi. 89-daqiqada esa yarim himoyachi Petar Suchich «Inter»ga g'alaba keltirgan golni urdi.

Jamoalar o'rtasidagi ilk o'yin 3 mart kuni bo'lib o'tgan va 0:0 hisobida yakunlangan edi. Shu tariqa, «Inter» ikki o'yin natijasiga ko'ra Italiya Kubogi finaliga yo'l oldi. Ikkinchi finalchi 22 aprel kuni bo'lib o'tadigan «Atalanta» — «Latsio» juftligida aniqlanadi (birinchi o'yin — 2:2).

Italiya kubogi. Yarim final, javob uchrashuvi
21 aprel 2026 yil. Milan
«Inter» — «Komo» 3:2
Gollar: Baturina 32 (0:1), Da Kunya 48 (0:2), Chalxanoglu 69 (1:2), Chalxanoglu 86 (2:2), Suchich 89 (3:2)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ