2026 Oeiras Ladies Open. Kudermetovadan chiroyli kambek!
22 APREL, 2026, 07:32
Portugaliyaning Oeyrash shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 195,652 evroni tashkil etuvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.Musobaqaning saralash bahslaridagi ikki g'alaba evaziga asosiy to'rga yo'llanma olgan mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Polina Kudermetova zafarli yurishini davom ettirmoqda. Dunyoning 137-raketkasi bo'lib turgan vakilamiz 1/16 final bahsida shveycariyalik Selin Naefga qarshi kortga chiqdi va kambek evaziga g'alaba qozondi - 5/7, 6/0, 6/2.
Bir yuz bir daqiqa davom etgan uchrashuvda ikkala tennischi ham bir xilda 1 tadan eys zarbasini amalga oshirib, 5 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Kudermetova ayni paytda WTA reytingida 137, Naef 209-o'rinni egallab turibdi. Ertaga Polina 1/8 finalda ispaniyalik Guyomar Maristaniga qarshi kortga chiqadi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 14:00da boshlanadi.

Manba: olamsport.com
