logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Etti nafar tennis malikamiz yuqoriladi. Sobiq birinchi raketkamiz esa WTA reytingidan chiqarildi

 20 APREL, 2026, 18:16

Xalqaro ayol tennischilar Associaciyasi (WTA) professional tennischilarning yangi haftalik reytingini elon qildi.

Bugun yangilangan reytingda tennischilarimizning deyarli barcha yuqorilashga muvaffaq bo'lgan. Birgina uchinchi raketkamiz Mariya Timofeeva bir pog'onaga pastlab, ayni paytda 154-o'rinni egallab turibdi. Qolgan barcha tennis malikalarimiz reytingdagi o'z o'rinlarini birmuncha bo'lsa-da, yaxshilab olishdi. Birinchi raqamli vakilamiz Kamila Rahimova 1 pog'onaga ko'tarilib, dunyoning 73-raketkasiga aylandi. Ikkinchi raketkamiz Polina Kudermetova 2, Layma Vladson 7, Vlada Yakshibarova 3, Milana Maslenkova 3, Sevil Yuldasheva 19, Diana Yakovleva esa 4 pog'onaga ko'tarilgan. Faoliyatini yakunlagan Nigina Abduraimova nihoyat WTA reytingidan chiqarildi. 

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bitta o'zgarish kuzatildi. Rossiyalik Mirra Andreeva italiyalik dugonasi Jamsin Paolini bilan o'zaro o'rin almashib oldi. Belaruslik Arina Sobolenko hamon katta farq bilan reyting peshqadami bo'lib turibdi. SHtutgart turnirida chempion bo'lgan qozog'istonlik Elena Ribakina ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, polshalik Iga Svyontek kuchli uchlikka yakun yasagan. 


WTA reytingi. 20 aprel kungi holat:

1 (1). Arina Sobolenko (Belarus) - 10 895

2 (2). Elena Rybakina (Qozog'iston) - 8500

3 (3). Kori Gauff (AQSH) - 7279

4 (4). Iga Svyontek (Polsha) - 7273

5 (5). Jessika Pegula (AQSH) - 6136

6 (6). Amanda Anisimova (AQSH) - 5995

7 (7). Elina Svitolina (Ukraina) - 3910

8 (9). Mirra Andreeva (Rossiya) - 3746

9 (8). Jasmin Paolini (Italiya) - 3722

10 (10). Viktoriya Mboko (Kanada) - 3531.


O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

73 (74). Kamilla Rahimova – 919

137 (139). Polina Kudermetova – 554

154 (153). Mariya Timofeeva – 495

778 (771). Layma Vladson – 43

1092 (1089). Vlada Yakshibarova – 15  

1112 (1115). Milana Maslenkova – 14 

1164 (1185). Sevil Yuldasheva – 12

1465 (1469). Diana Yakovleva – 3



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ