logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

A seriya. «Yuventus» «Bolonya»ni ishonchli tarzda mag'lub etdi (videosharh)

 20 APREL, 2026, 11:34

Italiya chempionatining 2025/2026 mavsumi 33-turi doirasida «Yuventus» o'z maydonida «Bolonya»ni qabul qilib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

Uchrashuvdagi hisobni Jonatan Devid ochdi. «Yuventus» hujumchisi 2-daqiqada gol urdi. Ikkinchi bo'limda, 57-daqiqada yarim himoyachi Kefren Tyuram-Yulen maydon egalari ustunligini mustahkamladi.

«Bolonya» Italiya chempionati turnir jadvalida 33 ta o'yindan keyin 48 ochko bilan 8-o'rinni egallab turibdi. «Yuventus» esa 63 ochko bilan 4-pog'onada joylashgan.

Italiya — A seriya. 33-tur
2026 yil 19 aprel, yakshanba.
Yuventus (Turin) — Bolonya (Bolonya) — 2:0
Gollar: Devid, 2 (1:0), Tyuram-Yulen, 57 (2:0).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ