logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Bokschilarimiz World Boxing Kubogidagi raqiblarini bilib olishdi

 20 APREL, 2026, 09:48

Braziliyaning Foz de Iguasu shahri World Boxing tashkiloti kubogining 2026 yilgi birinchi bosqichiga mezbonlik qilishidan xabaringiz bor.

Avval xabar berilganidek, nufuzli musobaqada Elshod Rasulov murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasining to'rt nafar bokschisi ham g'oliblik uchun ringga ko'tariladi. 

Bugun ushbu Jahon Kubogiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi va bokschilarimiz ilk jangdagi raqiblarini bilib olishdi. To'rt bokschimizning bari reytingi yuqori bo'lgani uchun o'z ishtiroklarini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichda boshlaydi.  

World Boxing tashkiloti kubogida referimiz Maruf Urdushev hakam sifatida faoliyat olib boradi.


Bokschilarimiz uchun qura natijalari:

+90 kg. Jahongir Zokirov — Florin Ionita (Ruminiya)/Ahmed Hagag (Avstriya)

-48 kg. Farzona Fozilova — Hafsi (Tunis)/Fahir (Marokash)

-51 kg. Feruza Kazakova — Radiya Gama (Braziliya)/Maksi Kloze (Germaniya)

-65 kg. Navbahor Hamidova — Anna Jenni (SHveycariya)/Mena Yuli (Venesuela)


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ