2026 Oeiras Ladies Open. Kudermetovaning yurishi boshlandi
20 APREL, 2026, 07:48
Portugaliyaning Oeyrash shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 195,652 evroni tashkil etuvchi turnir start oldi.Musobaqaning saralash bahslarida mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Polina Kudermetova ham ishtirok etyapti. Saralash turnirida birinchi raqam ostida tasniflangan vakilamiz 1/2 finalda portugaliyalik Beatriz Kastroni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/1.
Ellik etti daqiqa davom etgan bahsda 6 ta eys zarbasini amalga oshirib, 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Beatrizda eys zarbalari bo'lmadi, qo'shxatolari esa 7 tani tashkil qildi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Dunyoning 139-raketkasi bo'lib turgan Kudermetova bugun asosiy to'rga yo'llanma beruvchi final bahsida xorvatiyalik Lea Boshkovichga qarshi kortga chiqadi. Uchrashuv bizning vaqt bilan soat 14:00da boshlanadi.

Manba: olamsport.com
