Menni Pakyao Meyvezer - Krouford ehtimoliy jangida kim yutishini aytdi
19 APREL, 2026, 14:48
Sobiq jahon chempioni, filippinlik bokschi Menni Pakyao Floyd Meyvezer-va Terens Krouford o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi."Agar ular eng yaxshi davrida jang qilganida, Krouford Meyvezerdan kuchliroq bo'lardi. Uning chapqo'l uslubi katta ustunlik beradi. Men uning bu holatda qanday ishlashini ko'rganman — Terens buni mukammal darajada egallagan. Krouford o'z ustunligidan to'g'ri foydalanishni va o'ng qo'lli bokschilarni qanday yutishni biladi", — dedi Pakyao talkSPORT’ga.
Manba: olamsport.com
