Arman Carukyan ketma-ket to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritdi
19 APREL, 2026, 09:16
AQSHda asli armanistonlik aralash yakkakurash ustasi Arman Carukyan o'zining g'olibona yurishini davom ettirdi.Engil vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun sobiq davogar RAF 8 kurash turnirining asosiy bellashuvida amerikalik 46 yoshli Yurayya Feyberga qarshi bahs olib bordi. Erkin kurash qoidalari bo'yicha o'tkazilgan bellashuv 13-1 hisobida Carukyanning g'alabasi bilan yakunlandi. Bu Arman uchun tashkilotdagi ketma-ket to'rtinchi g'alaba bo'ldi.
Malumot uchun, 29 yoshli Arman Carukyanning MMAdagi professional rekordida 23 g'alaba va 3 mag'lubiyat bor. G'alabalarining 15 tasi muddatidan oldin qo'lga kiritilgan. Professional sifatida "Axalkalakets" 2015 yil sentyabr oyida aralash yakkakurashlarda debyut qilgan. Arman 2019 yilning aprel oyidan boshlab UFC`da o'z janglarini o'tkazib kelmoqda. Erkin kurash va MMA bo'yicha sport ustasi.
Feyber esa 2003 yildan 2019 yilgacha MMAda professional darajada faoliyat yuritgan. Uning rekordida 35 g'alaba va 11 mag'lubiyat bor. U UFC chempionlik kamari uchun to'rt marta jang qilgan.

Manba: olamsport.com
