MLS. Lionel Messining dubli «Inter Mayami»ga «Kolorado» ustidan g'alaba keltirdi (Videosharh)
19 APREL, 2026, 08:00
«Inter Mayami» MLS muntazam chempionatining safardagi bahsida «Kolorado» jamoasini mag'lubiyatga uchratdi — 3:2.
Mehmonlar safida hujumchi Lionel Messi dubl qayd etdi. Yana bir gol hujumchi Xerman Berterame hisobiga yozildi. Mezbonlardan esa hujumchilar Rafael Navarro va Darren Yapi o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishdi.
Uchrashuvning 87-daqiqasidan boshlab, yarim himoyachi Yannik Brayt maydondan chetlatilgach, «Inter Mayami» bir kishi kam bo'lib o'yinni davom ettirdi.
«Kolorado» (sakkiz o'yindan so'ng 12 ochko) G'arbiy konferentsiya jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi. «Inter Mayami» (sakkiz o'yindan so'ng 15 ochko) esa Sharqiy konferentsiyada ikkinchi pog'onadan joy olgan.
Manba: stadion.uz
