logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Karlos Alkaras ketma-ket ikkinchi yil ham Madrid "Masters"ni o'tkazib yuboradi

 18 APREL, 2026, 17:16

Dunyoning ikkinchi raketkasi ispaniyalik tennischi Karlos Alkaras Madriddagi "Masters" turnirida ishtirok etmaydigan bo'ldi.

"Bu xabarni elon qilish juda qiyin. Madrid - mening uyim, yillik taqvimimdagi alohida joylardan biri. SHu boislan ham ketma-ket ikkinchi yil bu erda chiqish qilish imkoniyatini yo'qotish men uchun juda og'riqli. Ayniqsa, ko'p narsani anglatadigan turnirda muxlislarim oldida ishtirok etmaslik men uchun juda og'ir. Har doimgidek mehringiz uchun rahmat, tez orada ko'rishamiz degan umiddaman", - deb yozdi "Katta Dubulg'a" turnirlarining etti karra g'olibi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Madrid "Masters" turniri 22 apreldan 3 maygacha bo'lib o'tadi. Avvalroq Alkaras bilagidan olgan jarohati tufayli Barselonadagi ATP 500 toifasiga kiruvchi turnirda ham qatnasha olmagandi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ