logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

UFC Fight Night 273 turniri jangchilari taroziga chiqdi

 18 APREL, 2026, 11:16

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda Kanadaning Vinnipeg shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.

UFC Fight Night 273 oqshomining asosiy jangi yarim o'rta vazn toifasida o'tkaziladi va unda braziliyalik Gilbert Byorns kanadalik Mayk Melottga qarshi oktagonga chiqadi. Ertangi jang oldidan ishtirokchilar rasmiy tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Har ikki jangchi tarozida bir xil vazn ko'rsatishdi - 77.56 kg.

Umuman olganda, avvalgi turnirlardan farqli ravishda barcha ishtirokchilar belgilangan vazn meyorini bajarishdi. 


UFC Fight Night 273 tarozi natijalari:

Gilbert Byorns (77.56 kg) – Mayk Melott (77.56 kg)

CHarlz Jurdeyn (61.69 kg) – Kayler Fillips (61.24 kg)

Jey Gerbert (70.53 kg) – Mandel Nallo (70.53 kg)

Jasmin Yasudavichius (56.7 kg) – Karin Silva (56.93 kg)

Tiago Moyzes (70.76 kg) – Geydj Yang (70.53 kg)


Prelim kard janglari

Marsio Barboza (65.77 kg) – Dennis Buzukya (66 kg)

Jyulen Leblan (84.14 kg) – Robert Valentin (84.37 kg)

Tanner Boser (110.9 kg) – Gokxan Sarikam (110.9 kg)

Melissa Kroden (61.46 kg) – Darya Jeleznyakova (61.69 kg)

Jey Jey Oldrich (56.93 kg) – Jeymi-Lin Xort (57.15 kg)

Jon Kastaneda (63.05 kg) – Mark Vologdin (62.82 kg) 

Jeymi Siray (61.69 kg) – Jon Yannis (61.69 kg)



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ