logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

A seriya. «Inter» «Kalyari»ni yirik hisobda mag'lub etdi (videosharh)

 18 APREL, 2026, 08:00

Italiya chempionatining 33-turidan o'rin olgan bahsda «Inter» o'z maydonida «Kalyari»ni qabul qildi. Milandagi «Juzeppe Meatstsa» stadionida o'tgan uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi.

Hisob ikkinchi bo'limda ochildi — 52-daqiqada Markus Tyuram gol urdi. Oradan ko'p o'tmay, 56-daqiqada Nikolo Barella ustunlikni oshirdi. Uchrashuv so'ngida, 90+2-daqiqada Pyotr Zelinski hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.

Ushbu g'alabadan so'ng «Inter» 33 o'yindan keyin 78 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. «Kalyari» esa 33 ochko bilan 16-o'rinda joylashgan.

Italiya — A seriya. 33-tur
17 aprel 2026 yil, juma.
«Inter» — «Kalyari» 3:0
Gollar: Markus Tyuram 52', Nikolo Barella 56', Pyotr Zelinski 90+2'

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ