"Real" yarim himoyachisi faoliyatini "Ayaks"da davom ettirishi mumkin
18 APREL, 2026, 07:48
Jurnalist Matteo Morettoning malumotlariga qaraganda, "Ayaks" "Real" yarim himoyachisi Dani Sebalosga qiziqmoqda.29 yoshli ispaniyalikning Madrid klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yozida tugaydi. U 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 22 ta o'yinda maydonga tushdi.
Transfermarkt portali Sebalosning transfer narxini 8 million evroga baholamoqda. U "Real"ga 2017 yilda "Betis"dan kelib qo'shilgan.

Manba: olamsport.com
