logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Bugun Alisher Yusupov, Muzaffarbek To'raboev va yana 5 dzyudochimizdan medallar kutamiz

 18 APREL, 2026, 07:16

Xitoy davlatida o'tkazilayotgan dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining uchinchi kuni og'ir vazn toifalarida bellashuvlar tashkil etiladi.

Bugun erkaklar o'rtasida -90, -100, +100 kg, ayollarda esa -78, +78 kg vaznlarda medallar uchun tatamiga chiqadi. 

Terma jamoamizning etti nafar azosi ham qita chempionatini yuqori notada yakunlash uchun bor mahoratini ishga soladi. Ular orasida Parij-2024 Olimpiadasi sovrindorlari Muzaffarbek To'raboev va Alisher Yusupov ham bor. 


Dzyudochilarimizning ilk davra uchrashuvlari:

-78 kg: Marjona Ko'chimova — Van CHe-Si (Xitoy Taypeyi)

-78 kg: Barchinoy Qodirova — Ishrup Narang (Hindiston)

+78 kg: Umida Nig'matova — Adiyasuren Amarsayhan (Mo'g'uliston)

-90 kg: Nurbek Murtozoev — Bu Hebi Lige (Xitoy)

-100 kg: Ernazar Sarsenbaev — Jalasay Jalasay (Xitoy)

+100 kg: Alisher Yusupov — Dai YU-Ming (Koreya Respublikasi)/Perenleyjamts Usuhbayar (Mo'g'uliston)

+100 kg: Muzaffarbek To'raboev — Magomedomar Magomedomarov (BAA)







Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ