logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Nyu‑Jersi gubernatori FIFAdan JCH-2026 muxlislarining sayohat xarajatlarini ko'tarishni talab qildi

 17 APREL, 2026, 19:32

Nyu-Jersi gubernatori Mayki SHerrill FIFAdan "Metlayf" stadionida bo'lib o'tadigan 2026 yilgi Jahon chempionati o'yinlariga tashrif buyuradigan muxlislarning xarajatlarini subsidiyalashni so'radi.

"The Athletic" nashrining xabar berishicha, Nyu-Yorkdan Nyu-Jersi shtatining Ist‑Raterford shahridagi arenaga Jahon chempionati o'yinlari uchun poezd chiptalari 100 dollardan oshadi. Ushbu yo'nalishning standart narxi 12,90 dollarni tashkil etadi.

"Bizda FIFA sayohat xarajatlariga 1 dollar ham hissa qo'shmasligi to'g'risida kelishuv mavjud. Men kelgusi yillarda Nyu-Jersi aholisini bu xarajatlarga majburlamoqchi emasman. FIFA sayohat xarajatlarini qoplashi kerak", – dedi SHerrill.

Avvalroq Nyu-York gubernatori Keti Xokul ham bu masala bo'yicha fikr bildirgandi.

"Jahon chempionati imkon qadar ommabop bo'lishi kerak. Qisqa poezd safari uchun 100 dollardan ortiq summa — juda qimmat".



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ