Mohidil O'ktamjonova va Asadbek Samandarov Jahon chempioni!
17 APREL, 2026, 19:32
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da taekvondo WT bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining bugungi kuni terma jamoamizga ikkita oltin medalni taqdim etdi.Musobaqaning bugungi kunini sportchilarimiz 2 ta oltin medalni qo'lga kiritib, yuqori natijalar bilan yakunlashdi.
Dastlab, qizlar o'rtasida -63 kg vazn toifasida ishtirok etgan Mohidil O'ktamjonova finalda italiyalik Sofiya Frassikani mag'lubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor bo'ldi.
SHuningdek, yigitlar o'rtasidagi -51 kg vazn toifasining chempionlik jangida Asadbek Samandarov tunislik Malek Mokradan ustun keldi.










Manba: olamsport.com
