Birinchi raketkamiz Xitoy turniri 1/2 finaliga chiqdi
17 APREL, 2026, 13:48
Xitoyning Uning shahri "CHellenjer" turkumiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 63 000 dollarni tashkil etuvchi turnirga mezbonlik qilmoqda.O'zbekistonning birinchi raketkasi Sergey Fomin hozirgina yakuniga etgan 1/4 final uchrashuvida yana bir muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz 104 daqiqa davom etgan bahsda ATP reytingida 369-pog'onada borayotgan koreyalik SHin San Xyuni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 5/7, 6/3.
Taqqoslash uchun, Fomin ayni paytda dunyoning 383-raketkasi bo'lib turibdi. Ikki tennischi uchrashuvida 23 ta eys zarbasi amalga oshirildi. Sergey 10, SHin 13 ta eys zarbasiga mualliflik qildi. Qo'shxatolar koreyalik tennischida ko'proq bo'ldi - 3 ga 1. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Endi Sergey Fomin final chiptasi uchun xitoylik Sun Fajingga qarshi kortga chiqadi. Ushbu uchrashuv ertaga bizning vaqt bilan soat 07:00da boshlanadi. Turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan Sun 1/8 finalda mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonovni taslim etgan edi.

Manba: olamsport.com
