logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Menni Pakyao: "Inoue menga o'xshaydi"

 17 APREL, 2026, 12:48

Afsonaviy filippinlik bokschi Menni Pakyao boksda eng muhim narsa nima ekanligi haqida gapirdi.

"Menga Naoya Inoue yoqadi, uning jang qilishi maqul keladi. Ha, Inoue hozir hammadan ko'ra menga o'xshaydi.

Aytishim mumkinki, Naoya hammadan yaqin, chunki u faoliyatini endi boshlaganida men Yaponiyaga borganman va Inoue mendan to'g'ri zarbalar, texnika va shunga o'xshash narsalar haqida so'ragan. Men unga boksda eng muhimi oyoqlar ishlashini aytgandim. Oyoqlaring yaxshi ishlasa, juda ko'p ishlarni amalga oshirishing mumkin degandim, - dedi Menni.

Eslatib o'tamiz, Pakyao 19 sentyabr kuni Las-Vegasda Floyd Meyvezerga qarshi revansh jangi o'tkazishi mumkin. To'rt vazn toifasida jahon chempioni Naoya Inoue esa 2 may kuni Tokioda hamyurti Dzyunto Nakatani bilan jang qilishi kerak.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ